2018 yil 5 sentyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti "Xirurgik kasalliklar va XDX" kafedrasida O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma to`rt yilligi munosabati bilan "Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!" shiori ostida "Kecha kim edigu, bugun kim bo`ldik" mavzusida, tibbiyot oliygoxining talabalariga kafedra mudiri prof. Dadaev Shirin Amanovich va kafedra xodimlari ishtirokida Mustaqillik darsi tashkil etildi. Tadbirni kafedra mudiri prof. Dadaev Shirin Amanovich ochib berdi va talabalarni Mustaqilligimizning yigirma to`rt yilligi bilan hamda yangi o`quv yilining boshlanishi bilan tabriklab va O`zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida iqtisod, ijtimoiy soha, madaniyat, ta`lim, sport, sog`liqni saqlash va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini qiyosiy tаhlillar orqali talabalarga bayon etdi.